“O‘zavtosanoat” AK va “ Avtooyna” MCHJ vakillari Rossiya Federatsiyasida bo‘lishdi

2016 yilning birinchi choragida  “O‘zavtosanoat” AK  va “ Avtooyna” MCHJ vakillari Rossiya Federatsiyasining  Moskva, Sankt-Peterburg va yana bir qancha shaharlarida bo‘lib,  avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi, ehtiyot qismlarni import qiluvchi korxonalar faoliyati bilan tanishishdi va rossiyalik hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi. Jumladan yurtdoshlarimiz Sankt-Peterburgdagi  avtomobilsozlik korxonalariga tashrifi mobaynida  «Nissan Manufakturing Rus»  MCHJ,  «Gestamp Severstal Vsevolozhsk»  va «Volkswagen Group Rus»  kompaniyalarining  ishlab chiqarish korxonalarida ham bo‘lishdi. Rossiya Federatsiyasining   Avtomobillar uchun  butlovchi qismlarni ishlab chiqarish milliy uyushmasi  tomonidan tashkil etilgan  tadbirlar  har ikki davlat avtomobilsozlari uchun o‘zaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish   borasida foydali bo‘ldi.

O‘zavtosanoat” Ak axborot xizmati

 

Manbaa: avtosanoat.uz