Yoshlar siyosati

Talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi

2025-yil 27-noyabr kuni Andijon davlat texnika instituti talabalari institut va "Kwangjin Autosystems" MCHJ korxonasi oʻrtasida kelishilgan "Dual taʼlim" yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejasiga muvofiq, oʻquv mashgʻulotlardan soʻng, korxona ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirildi.


Kun davomida, talabalarga korxonaning malakali mutaxassislari tomonidan korxona haqida maʼlumot, ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi, mahsulotlar va yoʻnalishga doir maʼlumot hamda tushunchalar berildi.


Shuningdek, talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishidi.


Ushbu sohadagi ishlar davom etmoqda......

27.11.2025-yil

 

20.11.2025-yil

"Dual taʼlim" yoʻnalishidagi ishlar yuzasidan

2025-yil 21-oktabr kuni Andijon davlat texnika instituti bitiruvchi kurs talabalari uchun "Kwangjin Autosystems" MCHJ korxonasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Shuningdek, talabalarga korxona masʼul xodimlari tomonidan ishlab chiqarish jarayoni va tayyor mahsulotlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, talabalarga korxonada talabalar uchun 2025/2026-oʻquv yili davomida yaratilgan shart-sharoitlar haqida tushunchalar berildi. tanishtirildi.

Ushbu sohadagi ishlar davom etmoqda......

21.10.2025-yil

 

"Yangi oʻquv yilida "Dual taʼlim" yoʻnalishidagi ishlar boshlandi"

2025-yil 29-sentabr kuni Andijon davlat texnika instituti bitiruvchi kurs talabalari uchun "Kwangjin Autosystems" MCHJ korxonasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.


Shuningdek, talabalarga korxona masʼul xodimlari tomonidan ishlab chiqarish jarayoni va tayyor mahsulotlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.


Bundan tashqari, korxonada 2025/2026-oʻquv yili davomida, "Dual taʼlim" yoʻnalishida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan toʻliq tanishtirildi.


Ushbu sohadagi ishlar davom etmoqda......

29.09.2025-yil