Talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi
2025-yil 27-noyabr kuni Andijon davlat texnika instituti talabalari institut va "Kwangjin Autosystems" MCHJ korxonasi oʻrtasida kelishilgan "Dual taʼlim" yoʻnalishi boʻyicha oʻquv rejasiga muvofiq, oʻquv mashgʻulotlardan soʻng, korxona ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirildi.
Kun davomida, talabalarga korxonaning malakali mutaxassislari tomonidan korxona haqida maʼlumot, ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi, mahsulotlar va yoʻnalishga doir maʼlumot hamda tushunchalar berildi.
Shuningdek, talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishidi.
Ushbu sohadagi ishlar davom etmoqda......
“Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi”
“Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi” munosabati bilan 2025-yil 20-noyabr kuni "Kwangjin Autosystems" MCHJ korxonasi ishchi-xodimlariga Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan kuchaytirilgan tadbirlar doirasida FVB Tezkor boʻlinma boshligʻi podpolkovnik A.A. Umarov boshchiligida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi" yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.
Shuningdek:
✍️ Ishlab chiqarish maskanlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish;
⚠️ Is gazidan zaxarlanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalardan ogohlantirish;
💥 Havo-gaz aralashmasining chaqnashini oldini olish;
🧯 Yong‘in xavfsizligi qoidalariga yashash xonadonlarida va ish joylarida qatʼiy amal qilish;
🧯 Yongʻin oʻchiruvchi moslamalardan foydalanish;
Kabi mavzularda xodimlarga batafsil ma'lumotlar berildi.