Yangiliklar

2025-yil yakuni

2025-yil yakunlari munosabati bilan MChJ "Kwangjin Autosystems" korxonasi miqyosida korxona bosh direktori N.T. Mirzayev boshchiligida taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida korxona  tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlarga qisqacha to'htalib o'tildi va 2026-yil uchun rejalar bilan tanishtirildi. Yil davomida yuqori natijalarga erishgan xodimlar e’tirof etildi va ishchi-xodimlar orasidan "Yilning eng yaxshi ishchi-xodimi" va "Eng namunali ishchi-xodimi" kabi yo'nalishlar bo'yicha faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🎖


Marosim bayramona ruhda o‘tkazilib, jamoa a’zolari uchun unutilmas lahzalar taqdim etdi.

30.12.2025-yil

 

 

“Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi”

“Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi” munosabati bilan 2025-yil 20-noyabr kuni "Kwangjin Autosystems" MCHJ korxonasi ishchi-xodimlariga Andijon tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan kuchaytirilgan tadbirlar doirasida FVB Tezkor boʻlinma boshligʻi podpolkovnik A.A. Umarov boshchiligida  “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi" yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi.  


Shuningdek:


✍️ Ishlab chiqarish maskanlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish; 


⚠️ Is gazidan zaxarlanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalardan ogohlantirish;


💥 Havo-gaz aralashmasining chaqnashini oldini olish;


🧯 Yong‘in xavfsizligi qoidalariga yashash xonadonlarida va ish joylarida qatʼiy amal qilish; 


🧯 Yongʻin oʻchiruvchi moslamalardan foydalanish;


Kabi mavzularda xodimlarga batafsil ma'lumotlar berildi.

20.11.2025-yil

 

Xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishchi-guruhi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yilning 18-iyul kuni Hansae Yes 24 korxonasi mas'ul xodimlarining "Kwangjin Ausotsystems" korxonasi tashrifi bo'lib o'tdi. Tashrif davomida chiqarish jarayonlari va texnologiyalar, ehtiyot qismlar liniyasi, mahhalliylashtirish va sifat nazorati bo‘yicha tajriba almashildi. Bu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

18.07.2025-yil

 

Xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishchi-guruhi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yilning 11-iyul kuni "Texnolog" XK mas'ul xodimlarining "Kwangjin Ausotsystems" korxonasi tashrifi bo'lib o'tdi.

Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, ehtiyot qismlar liniyasi, mahhalliylashtirish va sifat nazorati bo‘yicha tajriba almashildi.  

14.07.2025-yil

Respublikamizning bir qator masʼul vazirlik va idoralaridan tashkil topgan ishchi-guruh korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Joriy yilning 09-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimlaridan tashkil topgan ishchi-guruh "Kwangjin Autosystems" korxonamizga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, ishlab chiqarish faoliyati, kelgusidagi rejalar va loyihalar bilan tanishdilar.

Tashrif yakunida, ishchi-guruh korxona rahbariyati bilan oʻzlarining fikr-mulohazalarini almashdilar.

09.07.2025-yil

MCHJ "Kwangjin Autosystems" QKda Juma – Milliy liboslar kuni! 🇺🇿

🏢 MCHJ “Kwangjin Autosystems” jamoasi ish jarayonida ham milliy qadriyatlarimizni namoyon etmoqda.

🧑‍💻 Milliy libos bu – oddiy kiyim emas. Bu bizning tariximiz, madaniyatimiz, ruhiyatimiz, avlodlar merosining ko‘zgusi.✨

27.06.2025-yil