O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish va o’zlashtirish hajmini kengaytirish bo’yicha dastlabki chora-tadbirlar dasturi to’g’risida» 2011 yil 4 oktyabrdagi PQ-1623-son qaroriga muvofiq va “O’zbekiston Respublikasining 2013 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida” 2012 yil 21 noyabrdagi PQ-1855-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida (sobiq DAJ “TAPOVICh” hududida) 2012 yil 19 sentyabrda chet el investisiyalari ishtirokida “Kwangjin Autosystems” MChJ tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etishni yanada jadallashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 28 iyuldagi PQ–335-sonli qaroriga asosan “Kwangjin Autosystems” MCHJni Andijon viloyati Mashinasozlik va elektrotexnika sanoati xabiga (Sanoat Xabi) ko‘chirish belgilangan. Hozirgi kunda ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadidida jamiyatga tegishli barcha moddiy texnika vositalarini Toshkent shahridan Andijon viloyati, Andijon tumanidagi "Maxsus mashinasozlik va elektrotexnika sanoat markazi" hududiga koʻchirish ishlari olib borildi.
Tashkilot ta’sischilari “O’zavtosanoat” AJ (O’zbekiston) – 50% va Kwangjin Machine Co., Ltd (Janubiy Koreya) – 50%.
«Kwangjin Autosystems» MCHJda 2014 yildan boshlab «GM Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Matiz, Spark, Nexia, Cobalt va Damas avtomobillari uchun qirqqa yaqin mexanik va elektrik oyna ko’targichlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada mahsulot ishlab chiqarilishi xalqoro avtomobil standarti ISO/ТS 16949:2011 talablariga mos keladi.
Bugungi qunda korxonada 117 nafardan ortiqroq ishchi va hizmatchilar faoliyat olib bormoqda. Korxonaning umumiy maydon 1, 2 ga. Korxonaning yilliq ishlab chiqarish quvatti 550 000 komplekt (1.9 mln dona) avtomobilga oyna ko’targichlar ishlab chiqarish muljallangan.

